ROBOWAR
Robototexnika va jangovar robotlar musobaqasi

ROBO WAR

Texnik mahorat, muhandislik va strategik fikrlash arenasi. Jangovar robotlaringizni yarating, raqobatga kiring va xavfsizlik talablariga qat'iy rioya etgan holda uch bosqichli sinovdan o'tib, g'olib bo'ling.

Batafsil
0kg
Maks. robot vazni
0daq
Jang davomiyligi
0×8 m
Arena maydoni
0mln so'm
Bosh mukofot
Pastga
Musobaqa haqida

Jangovar robotlar arenasi

“ROBO WAR” — robot texnologiyalari, xususan jangovar robotlar musobaqasi bo'lib, xavfsizlik talablariga qat'iy rioya etgan holda uch bosqichda tashkil etiladi. Musobaqa ishtirokchilarni saralash, jang maydonini tayyorlash, robotlarning texnik holatini tekshirish hamda natijalarni baholash tartibini belgilaydi.

Yuqori darajadagi texnik, muhandislik, dasturlash va strategik fikrlash qobiliyatini aniqlash va qo'llab-quvvatlash
Robototexnika, sun'iy intellekt va avtomatlashtirilgan boshqaruv sohasida istiqbolli yoshlarni saralash
Texnik tafakkur, muhandislik madaniyati hamda sog'lom raqobat muhitini shakllantirish
Tezkor qaror qabul qilish va jamoaviy hamkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish
// Battle Unit
G'alaba omillari

Nima sinaladi?

Arenada g'olib bo'lish uchun to'rtta yo'nalishda ustunlik kerak.

01

Kuch va strategiya

Raqibga zarar yetkazish, faol hujum va arenani nazorat qilish orqali raqibni mag'lub etish.

02

Konstruktsiya

Mexanik jihatdan barqaror, zirhlangan va jang olib borishga yaroqli mustahkam robot.

03

Boshqaruv mahorati

Barqaror, himoyalangan va uzilishsiz radioaloqa orqali aniq operator boshqaruvi.

04

Jang taktikasi

Manevr, hujum va himoyani uyg'unlashtirgan holda ballik ustunlikni qo'lga kiritish.

Musobaqa ma'lumotlari

Asosiy parametrlar

Ishtirok tartibi
Jamoaviy — 1–3 kishi
Jamoa tarkibi
Sardor · Operator · Texnik
Jang formati
1 × 1 (yakkama-yakka)
Jang davomiyligi
3 daqiqa
Radiochastotalar
868 / 915 MHz · 2.4 / 5.8 GHz
Tizim
Saralash (turnir ballari) + pley-off
Robotga qo'yiladigan talablar

Texnik reglament

Barcha robotlar jamoalar tomonidan mustaqil ishlab chiqilgan, texnik jihatdan xavfsiz, mexanik barqaror va boshqaruvga to'liq bo'ysunuvchi bo'lishi shart. Asosiy robot bilan bir xil zaxira nusxa olib kelishga ruxsat etiladi — u oldindan ro'yxatga olinib, texnik komissiya ko'rigidan o'tishi shart; almashtirish faqat janglar oralig'ida, texnik komissiya ruxsati bilan.

Maksimal vazn
100kilogramm
Karkas, zirh, qurol, motor, elektronika va batareya bilan birga.
Maksimal o'lcham
100 × 100 × 100sm
Eni, uzunligi va balandligi — texnik inspeksiyada o'lchanadi.
Quvvat manbai
12 – 48volt
Izolyatsiyalangan zanjir, qisqa tutashuvdan himoya. 48V dan oshirish taqiqlanadi.
Boshqaruv
Masofadan radioaloqa
Barqaror, himoyalangan, uzilishsiz tizim. Jammer va kuchaytirgich taqiqlanadi.
Qurol tizimlari

Ruxsat etilgan mexanizmlar

Jangovar qurollar mexanik yoki elektromexanik asosda ishlashi, operator boshqaruviga bo'ysunishi va xavfsiz bo'lishi shart.

Aylanuvchi disk

Spinner

Yuqori tezlikda aylanib, raqibga kinetik zarba beruvchi disk.

Ruxsat etilgan

Baraban

Drum spinner

Gorizontal aylanuvchi baraban tipidagi zarba beruvchi qurol.

Ruxsat etilgan

Ko'taruvchi

Flipper

Raqibni ko'tarib ag'daruvchi mexanik ko'tarish mexanizmi.

Ruxsat etilgan

Zarba beruvchi

Hammer

Yuqoridan kuchli zarba beruvchi bolg'a tipidagi mexanizm.

Ruxsat etilgan

Qat'iyan taqiqlangan texnologiyalar

Portlovchi moddalar
Olov chiqaruvchi tizimlar
Pnevmatik o'q otuvchi mexanizmlar
Elektr zarba beruvchi qurilmalar
Lazer va yuqori energiyali nurlanish
Zaharli yoki kimyoviy moddalar
Jang arenasi

Yopiq jang maydoni

Maxsus tayyorlangan, usti yopiq va xavfsizlik talablariga to'liq javob beradigan mustahkam konstruksiya. Robotlarning nazoratsiz chiqib ketishini oldini oladi.

Maydon o'lchamimaksimal 8 × 8 metr
Minimal balandlik1.5 metr
ShakliTo'rtburchak yoki sakkizburchak
KarkasMetall profil 100 × 100 × 5 mm
Himoya devoriPolikarbonat 20 mm + po'lat setka 8 mm
Pol qoplamasiSilliq po'lat list 10 mm
Jang bosqichlari

Arenagacha yo'l

Avval turnir ballari bo'yicha saralash janglari, pley-offdan boshlab esa “Mag'lub bo'lgan chiqib ketadi” tamoyili qo'llanadi.

BOSQICH 01

Ro'yxatdan o'tish

Jamoa va robot (zaxira nusxalari bilan) ma'lumotlari bilan arizani topshirish hamda texnik ko'rikdan o'tish.

BOSQICH 02

Saralash

Har bir jang hakamlar tomonidan baholanadi va turnir ballari yig'iladi. KO yoki TKO bilan g'alaba uchun +5 ball. Eng ko'p ball to'plaganlar keyingi bosqichga o'tadi.

BOSQICH 03

Pley-off

Yakkama-yakka (1×1) janglar, mag'lub bo'lgan jamoa musobaqani tark etadi.

BOSQICH 04

Yarim final

Mag'lub bo'lgan jamoalar 3-o'rin uchun alohida jang qiladi.

BOSQICH 05

Final

Ikki jamoa 1- va 2-o'rin uchun jang qiladi. Bahsli holatda 1 daqiqalik qo'shimcha raund belgilanishi mumkin.

Hakamlik mezonlari

13 ballik tizim

Har bir jangni uch nafar hakam baholaydi. Har bir hakam har bir mezon ballarini ikki robot o'rtasida butun sonlarda taqsimlaydi (jami 13 ball). Robotning yakuniy bahosi — uch hakam baholarining o'rtacha qiymati.

0 ball

Yetkazilgan zarar

Shikastlanish natijasida robotning ishlash qobiliyati qay darajada pasaygani. Taqsimot: 6:0, 5:1, 4:2 yoki 3:3.

0 ball

Hujumkorlik

Faollik, hujumlar takroriyligi va kuchi, faol quroldan foydalanish. Sust harakat va jangdan qochish bahoni pasaytiradi.

0 ball

Nazorat

Boshqaruv aniqligi, raqibning zaif joylariga hujum, hujumlardan qochish va arenada qulay joy egallash.

G'olibni aniqlash usullari

Nokaut (KO)

Robot jangni davom ettira olmasa (10 soniyalik hisob), quvvatini yo'qotsa, arenadan chiqsa yoki operator taslim bo'lsa.

TKO / TF

TKO — robotning jangni davom ettirishi xavfli deb topilsa. TF — diskvalifikatsiya yoki robot belgilangan vaqtda jangga tayyor bo'lmasa.

Ballar ustunligi

Jang vaqti tugaguncha KO, TKO yoki TF bo'lmasa — o'rtacha hakamlik bahosi yuqori robot g'olib.

Saralash bosqichida jamoa jang uchun o'rtacha hakamlik bahosiga teng turnir balli oladi; KO yoki TKO bilan g'alaba uchun qo'shimcha +5 ball beriladi. Raqib kelmagani yoki tayyor bo'lmagani sababli TF bo'yicha g'alaba — 13 ball.

Taqiqlangan harakatlar

Diskvalifikatsiya holatlari

Quyidagi qoidabuzarliklar hakamlar hay'ati qaroriga ko'ra musobaqadan chetlashtirishga olib keladi.

Diskvalifikatsiya

Taqiqlangan texnologiyalar

Portlovchi, olov, pnevmatik o'q, elektr zarba, lazer yoki kimyoviy vositalardan foydalanish — jamoa darhol chetlashtiriladi.

Diskvalifikatsiya

Boshqaruvga aralashuv

Radio kuchaytirgichlar, signal bostiruvchi qurilmalar va jammerlardan foydalanish qat'iyan taqiqlanadi.

Diskvalifikatsiya

Xavfli harakatlar

Robotni nazoratsiz ishga tushirish, boshqa jamoaga xalaqit berish va hakamlar faoliyatiga aralashish.

Diskvalifikatsiya

Hakam ko'rsatmasini bajarmaslik

Start buyrug'idan oldin harakatlanish, “Chekin!” buyrug'ini bajarmaslik yoki ruxsatsiz robotga yaqinlashish — ogohlantirish yoki diskvalifikatsiya (TF).

Galereya

Arena lahzalari

Janglar, robotlar va g'oliblar — eng yorqin damlar tez orada shu yerda.

Rasmiy hujjatlar

Musobaqa nizomlari

Ishtirok etishdan oldin to‘liq qoidalar bilan tanishing. Nizomlarni PDF ko‘rinishida yuklab oling yoki bevosita brauzerda o‘qing.

ROBO WAR nizomi

Katta liga: texnik talablar, xavfsizlik qoidalari, jang bosqichlari va baholash mezonlari.

PDF 207 KB

ROBO WAR MINI nizomi

10–17 yoshli ishtirokchilar uchun mini liga: qoidalar, robot talablari va tashkiliy tartib.

PDF 160 KB
Mukofot jamg'armasi

Arenaga chiqing!

G'oliblar pul mukofoti bilan birgalikda sertifikat, kubok va medal bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi konstruktor, operator va innovatsion yechim uchun maxsus nominatsiyalar belgilangan.

1-o'rin

20 000 000 so'm

2-o'rin

15 000 000 so'm

3-o'rin

10 000 000 so'm

Qoidalar bilan tanishish